Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa himoyachisi Alvaro Karreras bilan suhbat o‘tkazdi.
Bundan oldinroq, «qirollik klubi» Mark Kukurelyani sotib olganidan so‘ng, Karrerasdan qutulishni (sotib yuborishni) rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Biroq jurnalist Serxio Valentinning ta’kidlashicha, Mourinyo 23 yoshli futbolchi bilan gaplashib, uning jamoadagi rolini muhokama qilgan. Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis Karrerasga Kukurelya asosiy tarkib uchun sotib olinganini ochiq aytgan. Ammo agar Alvaro asosiy tarkibdagi joy uchun kurasha olaman deb hisoblasa, bu faqat jamoaning foydasiga ishlaydi. Aks holda, Karreras o‘ziga yangi klub izlashiga to‘g‘ri keladi. Xulosa chiqarish esa futbolchining o‘ziga havola.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda «Real» ushbu himoyachi uchun 50 million yevro to‘lagan edi. U «qaymoqranglilar» libosida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













