Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor 0-1 Paxtakor
27/07 20:00 Andijon 1-0 Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv 3-0 So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor

Pas qarorini o‘zgartirmadi: u «Real»ga qaytmoqchi emas

Pas qarorini o‘zgartirmadi: u «Real»ga qaytmoqchi emas

Baho:
+1 | -

«Komo» klubining 21 yoshli yarim himoyachisi Nikolas Pas o‘zining kelajagi borasidagi pozisiyasini o‘zgartirgani yo‘q. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Bundan oldinroq, Madridning «Real» klubi Pasni keyinchalik boshqa jamoaga qimmatroqqa qayta sotish maqsadida, uning shartnomasidagi «qayta sotib olish» bandini faollashtirmoqchi ekanligi ma’lum bo‘lgan edi.

Biroq manba bergan xabarga ko‘ra, argentinalik iqtidor egasi hamon «Komo»da qolishni istamoqda va Madrid klubiga qaytish niyatida emas. Klublar o‘rtasidagi muzokaralar hali ham davom etmoqda, ammo Italiya tomoni Pasni o‘z safida saqlab qolishiga to‘liq ishonmoqda.

Yakunlangan 2025/26 yilgi mavsumda Pas barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 13 bor ishg‘ol etdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:27, 20.06.2026.
O'qildi: 1307 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик