Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya 1-2 Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

«Lion» «Yuventus»da ishi yurishmagan 26 yoshli belgiyalik hujumchini sotib olmoqchi

«Lion» «Yuventus»da ishi yurishmagan 26 yoshli belgiyalik hujumchini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Fransiyaning «Lion» klubi hujumchi Lui Opendani o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashga kirishdi. Bu haqda taniqli insayder va jurnalist Janluka di Marsio o‘z saytida xabar berdi.

«RB Leypsig»dan sotib olinganidan so‘ng transfer huquqi «Yuventus»ga tegishli bo‘lgan forvard shu yozdayoq Turin klubini tark etishi mumkin. Manbaning ta’kidlashicha, 26 yoshli belgiyalik futbolchining xizmatlariga «Monako», APL vakili «Nottingem Forest» hamda Germaniyaning «Ayntraxt» klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Italiyadagi debyut mavsumi Openda uchun ancha omadsiz kechdi. U Turin klubi safida barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, bor-yo‘g‘i 2 ta gol urdi. Vaholanki, u bundan oldin «Leypsig» va «Lans» jamoalarida juda yuqori mahsuldorlik namoyish etib kelayotgan edi.

Di Marsioga ko‘ra, «Lion» ayni paytda hujum chizig‘ini kuchaytirishga juda muhtoj va belgiyalik futbolchini o‘z transfer ro‘yxatidagi asosiy va ustuvor nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda.

Kiritildi: 18:05, 20.06.2026.
O'qildi: 1358 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик