Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/06 03:00 Kanada 6-0 Qatar
19/06 06:00 Meksika 1-0 Janubiy Koreya
19/06 23:59 AQSh 2-0 Avstraliya
20/06 03:00 Shotlandiya 0-1 Marokash
20/06 05:30 Braziliya 3-0 Gaiti
20/06 08:00 Turkiya 0-1 Paragvay
20/06 22:00 Niderlandiya - Shvesiya
21/06 01:00 Germaniya - Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador - Kyurasao
21/06 09:00 Tunis - Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya - Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya - Eron

Yangi tadqiqot: Ronaldu yoki Messini tanlash insonning siyosiy qarashlariga bog‘liqligi aniqlandi

Yangi tadqiqot: Ronaldu yoki Messini tanlash insonning siyosiy qarashlariga bog‘liqligi aniqlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, insonning siyosiy pozisiyasi va uning «Inter Mayami» forvardi Lionel Messi yoki «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronalduga bo‘lgan xayrixohligi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud.

«Siyosatdan tashqaridagi siyosiy identiklik: 26 ta davlatda Messi va Ronaldu o‘rtasidagi tanlov» deb nomlangan ilmiy ishda ta’kidlanishicha, ushbu ikki afsonaviy futbolchidan biriga ustunlik berish shaxsning siyosiy dunyoqarashi bilan aloqador bo‘lishi mumkin. Tadqiqot 2026 yilning aprel-may oylari oralig‘ida dunyoning 26 ta davlatidan kelgan 10 661 nafar respondentning javoblari asosida shakllantirilgan.

Nanyan texnologiya universiteti (Singapur), Singapur Milliy universiteti hamda Madriddagi Karl III universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdiki, Messi va Ronaldu o‘rtasidagi yakuniy tanlovni eng aniq bashorat qilib beruvchi omil — bu aynan siyosiy yo‘nalish hisoblanadi.

So‘rovnoma ishtirokchilarining afzalliklari va ularning siyosiy qarashlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, o‘zlarini progressiv (liberal) deb hisoblaydigan insonlar ko‘proq Messini tanlashadi, konservatorlar (an’anaviy qarash tarafdorlari) esa Ronalduni qo‘llab-quvvatlashadi.

Bundan tashqari, argentinalik yulduzni ko‘proq taxliliy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan odamlar afzal ko‘rishadi. Krishtianu esa ko‘proq avtoritar qarashga ega bo‘lgan yoki o‘ziga bo‘lgan ishonchi (samoosenkasi) juda yuqori bo‘lgan insonlarga yoqadi.

Shunga qaramay, tadqiqot mualliflari ushbu natijalarga biroz ehtiyotkorlik bilan yondashishni so‘rashmoqda. Buning ikkita sababi bor: birinchidan, mazkur ilmiy ish hali mustaqil ekspertlar nazoratidan o‘tmagan, ikkinchidan, kuzatilgan statistik bog‘liqlik real bo‘lsa-da, baribir o‘rtacha darajada qolmoqda.

Kiritildi: 18:13, 20.06.2026.
O'qildi: 874 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик