Xitoyning Guiyang shahrida boks bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi o‘zining hal qiluvchi pallasiga yetib keldi. Turnirda endi faqat final janglari qolgan bo‘lib, ushbu bosqichga eng ko‘p sportchi bilan O‘zbekiston terma jamoasi yetib keldi.
Finalchilar soni bo‘yicha davlatlar reytingi quyidagicha ko‘rinish oldi:
O‘zbekiston — 7 nafar
Xitoy — 6 nafar
Qozog‘iston — 5 nafar
Hindiston — 4 nafar
Fransiya — 4 nafar
Braziliya — 3 nafar
Angliya — 2 nafar
AQSH — 2 nafar
Italiya — 2 nafar
Taypey — 1 nafar
Bolgariya — 1 nafar
Ozarbayjon — 1 nafar
Germaniya — 1 nafar
Kanada — 1 nafar
Ertaga musobaqa doirasida chempionlik uchun hal qiluvchi janglar bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston sharafini yetti nafar bokschi himoya qiladi.
Final juftliklari
48 kg: Farzona Fozilova — Jyoti (Hindiston) — 09:00
60 kg: Abdumalik Xalokov — Luiz Gabriyel (Braziliya) — 09:45
90 kg: To‘rabek Habibullayev — Isaak Okoh (Angliya) — 11:15
50 kg: Asilbek Jalilov — Sanjar Tashkenbay (Qozog‘iston) — 15:30
57 kg: Nigina O‘ktamova — Prachi (Hindiston) — 15:45
80 kg: Javohir Ummataliyev — Vanderley Pereira (Braziliya) — 16:30
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva — Yilian Jan (Xitoy) — 17:00













