Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Nagelsmann Tuxelning fikriga qo‘shildi: «Fotograflar hatto burnimizning ichidagi tuklarni ham suratga olishmoqda»

Nagelsmann Tuxelning fikriga qo‘shildi: «Fotograflar hatto burnimizning ichidagi tuklarni ham suratga olishmoqda»

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Angliya terma jamoasi ustozi Tomas Tuxelning fikrini qo‘llab-quvvatladi. Bundan oldinroq Tuxel Jahon chempionati o‘yinlarida davlat madhiyalari yangrayotgan mahal fotograflarning joylashuvini keskin tanqid qilgan edi.

Tuxelning so‘zlariga ko‘ra, fotomuxbirlar jamoalar zaxira o‘rindig‘iga haddan tashqari yaqin kelib olishmoqda. Oqibatda murabbiylar shtabi ulardan boshqa hech kimni, hatto o‘z futbolchilarini ham ko‘ra olishmayapti.

«Bu borada qanchalik shikoyat qilishimiz to‘g‘ri bo‘ladi, bilmadim-u, lekin men Tuxelning fikriga mutlaqo qo‘shilaman. Milliy madhiya ijro etilayotgan daqiqalar — juda hissiyotli lahzalardir. Menda shunday taassurot uyg‘onmoqdaki, ularning ulkan ob’ektivlari bir santimetr masofadan turib, hatto burnimning ichidagi tuklarni ham suratga olayotgandek», — deya Nagelsmannning so‘zlarini keltiradi «Globo Esporte».

Ushbu noqulayliklarga qaramay, inglizlar mundial startida Xorvatiya ustidan ishonchli g‘alabaga (4:2) erishishdi. Germaniya terma jamoasi esa Kyurasaoni tor-mor etganidan so‘ng (7:1), ikkinchi turda Kot-d'Ivuar to‘sig‘idan qiyinchilik bilan (2:1) o‘tib oldi.

Kiritildi: 10:15, 21.06.2026.
O'qildi: 768 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик