Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Ris Jeyms Xabi Alonso haqida: «Men hayratdaman»

Ris Jeyms Xabi Alonso haqida: «Men hayratdaman»

Baho:
+ | -

«Chelsi» klubi sardori Ris Jeyms jamoaning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Ispaniyalik mutaxassis «ko‘klar»ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlangani may oyida e’lon qilingan edi. U o‘z vazifasini bajarishga shu yilning iyul oyidan boshlab kirishadi.

«Men Alonso haqida kim bilan gaplashgan bo‘lsam, barcha u haqida hayratlanarli va shunchaki dahshatli murabbiy ekanligini aytdi. O‘zim ham u bilan telefon orqali bir necha bor gaplashishga ulgurdim. Barchamiz o‘z vaqtida uning qanday buyuk futbolchi bo‘lganini juda yaxshi bilamiz. Uning jamoamizga kelayotganidan juda ham hayratdaman va xursandman», — deya «talkSPORT» nashri Jeymsning so‘zlarini keltiradi.

Xabi Alonso «Chelsi» klubi bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan. Eslatib o‘tamiz, ushbu mutaxassis bundan avval Madridning «Real» hamda Leverkuzenning «Bayer» klublarini boshqargan edi.

Kiritildi: 10:20, 21.06.2026.
O'qildi: 631 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик