Londonning «Tottenxem» klubi «Nyukasl» yarim himoyachisi Sandro Tonalining transferi ustida ishlashda davom etmoqda.
Bundan biroz avvalroq «qarg‘alar» 26 yoshli futbolchini «shporlar»ga 80 million funt sterlingga (taxminan 92 million yevro) sotishni rad etgani ma’lum bo‘lgan edi. Jurnalist Ben Jeykobsning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «Tottenxem» italiyalik xavbek uchun yana bir bor rasmiy taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, ushbu transfer poygasidan «Manchester Siti» klubi ham chiqib ketgani yo‘q.
Transfermarkt portali Sandro Tonalining ayni paytdagi bozor qiymatini 80 million yevroga baholamoqda. Futbolchi «Nyukasl» safiga 2023 yilning yozida «Milan»dan 60 million yevrodan ko‘proq mablag‘ evaziga kelib qo‘shilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, «Tottenxem» APLning yakunlangan mavsumida turnir jadvalining 17-pog‘onasidan joy oldi va faqatgina so‘nggi turdagina elitada jon saqlab qolish vazifasini uddalay oldi.













