Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dubl qayd etgan Ueda Tunis — Yaponiya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Dubl qayd etgan Ueda Tunis — Yaponiya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Baho:
+ | -

Yaponiya terma jamoasi hujumchisi Ayase Ueda JCH-2026 guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Tunisga qarshi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi.

Hujumchi o‘yinning 31 va 83-daqiqalarida gol urib, dublni rasmiylashtirdi. Ikkinchi golidan bir daqiqa o‘tib, u Keysuke Gotoga almashtirildi.

Bahs 4:0 hisobida yaponiyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Samuraylar tarkibida qolgan gollarga Daiti Kamada va Dzyunya Ito mualliflik qilishdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Yaponiya ochkolarini 4 taga yetkazib, "F" guruhida peshqadamlik qilayotgan Niderlandiyaga yetib oldi. Jamoalarning to‘plar nisbati teng, biroq Ronald Kuman shogirdlari bitta ko‘p gol urishgani evaziga birinchi o‘rinni egallab turishibdi.

Shvesiya guruhda uchinchi o‘rinda bormoqda, Tunis esa keyingi bosqichga chiqish imkoniyatidan butunlay mahrum bo‘ldi.

Kiritildi: 12:12, 21.06.2026.
O'qildi: 412 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик