Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Diallo Kyurasao bilan o‘yin haqida gapirdi

Diallo Kyurasao bilan o‘yin haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Kot-d'Ivuar terma jamoasi vingeri Amad Diallo Jahon chempionati guruh bosqichida Germaniyaga qarshi kechgan bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Afrikaliklar uchrashuvning hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarida hal qiluvchi golni o‘tkazib yuborib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrashgan edi.

«Jamoamiz mamlakatimiz uchun tarixga kirishni xohlaydi. Uchinchi o‘yinda maydonga maksimal jangovar kayfiyat bilan tushamiz. Bu biz uchun juda muhim palla bo‘ladi. Jamoani qiyin o‘yin kutmoqda. Biz bor e’tiborimizni shu bahsga qaratganmiz», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi APNews nashri.

So‘nggi tur oldidan Kot-d'Ivuar terma jamoasi 3 ochko bilan guruhda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Afrikaliklar uchinchi uchrashuvni Kyurasao terma jamoasiga qarshi o‘tkazishadi.

Kiritildi: 12:14, 21.06.2026.
O'qildi: 579 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик