«Bavariya» va Fransiya terma jamoasi vingeri Maykl Olise qaysi pozisiyada o‘ynashni afzal ko‘rishini ma’lum qildi.
24 yoshli futbolchi so‘nggi yillarda o‘zi odatda harakat qilayotgan o‘ng qanot hujumidan ko‘ra, markazda — hujumchi ortida o‘zini ancha qulay his qilishini tan oldi.
«Menga «o‘nlik» pozisiyasida o‘ynash qulayroq — bu pozisiya biroz ko‘proq erkinlik beradi. Men aynan o‘sha yerda o‘ynab ulg‘ayganman, shuning uchun bu men uchun tabiiy holat», — dedi Olise L'Equipe nashriga bergan intervyusida.
23 iyun kuni fransiyaliklar JCH-2026 guruh bosqichi 2-turi doirasida Iroq terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 23 iyunga o‘tar kechasi soat 02:00 da boshlanadi.













