Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yaponiya ustozi 4:0 hisobidagi muvaffaqiyat haqida gapirdi

Yaponiya ustozi 4:0 hisobidagi muvaffaqiyat haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Yaponiya terma jamoasi ustozi Hajime Moriyasu Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichi doirasida Tunis terma jamoasiga qarshi kechgan bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz uchrashuvga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik va maydonda tajovuzkor harakat qildik. To‘g‘ri tuzilgan o‘yin rejasi tufayli jamoamiz o‘z salohiyatini to‘liq namoyish eta oldi. Stadionda bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimiz juda ko‘p edi, ularning daldasi bizga katta yordam berdi. Bu biz uchun ulkan dalda bo‘ldi», — deya bosh murabbiyning so‘zlarini keltiradi FIFA matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiya terma jamoasi Tunis ustidan 4:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.

«Samuraylar» ikki o‘yindan so‘ng to‘rt ochko jamg‘arib, o‘z guruhlarida ikkinchi o‘rinni egallab turishibdi. Uchinchi tur doirasida Yaponiya Shvesiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 12:27, 21.06.2026.
O'qildi: 775 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик