Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/08 19:00 Navbahor 4-3 Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo 2-2 Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum 2-0 Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-0 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Niderlandiya terma jamoasi 1994 yildan beri Jahon chempionati guruh bosqichida mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti

Niderlandiya terma jamoasi 1994 yildan beri Jahon chempionati guruh bosqichida mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti

Baho:
+ | -

Niderlandiya terma jamoasi Jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan bahsda Shvesiyani 5:1 hisobida tor-mor etdi.

Shu tariqa, niderlandiyaliklar 1994 yildan buyon Jahon chempionatlarining guruh bosqichi uchrashuvlarida mag‘lub bo‘lmasdan kelishmoqda — o‘shanda ular 2-turda Belgiyaga (0:1) imkoniyatni boy berishgan edi.

1994 yilgi mundialda Niderlandiya chorak finalgacha yetib borib, unda Braziliyaga (2:3) yutqazgan. O‘sha turnirdan beri Niderlandiya terma jamoasi guruh bosqichlarida birorta o‘yinda mag‘lubiyatga uchramadi.

Musobaqaning pley-off bosqichlarida esa jamoa quyidagicha mag‘lubiyatlarni qabul qilib olgan: 1998 yilda 3-o‘rin uchun bahsda Xorvatiyaga (1:2), 2006 yilda 1/8 finalda Portugaliyaga (0:1) imkoniyat boy berilgan.

2010 yilgi Jahon chempionati finalida Ispaniya Niderlandiyadan ustun kelgan (1:0) bo‘lsa, 2014 yilgi yarim finalda hamda 2022 yilgi chorak finalda niderlandiyaliklar Argentinaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berishgan.

Kiritildi: 13:12, 21.06.2026.
O'qildi: 551 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик