Niderlandiya terma jamoasi va Londonning «Vest Xem» klubi hujumkor yarim himoyachisi Krisensio Sammervill Yevropa superklubi qiziqishlar doirasida turibdi.
Caught Offside nashrining xabar berishicha, ketma-ket ikki yil UYEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan Fransiyaning «PSJ» klubi vingerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Parij top-klubi niderlandiyalik futbolchi uchun «Manchester Yunayted» bilan kurashish niyatida.
Avvalroq, «bolg‘achilar» Sammervillning transferidan 57 million yevro ishlab olishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Yakunlangan mavsumda Krisensio 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga yettita gol va beshta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.













