Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

Yamal Ispaniya terma jamoasini tanqid qilayotganlarga keskin javob qaytardi

Yamal Ispaniya terma jamoasini tanqid qilayotganlarga keskin javob qaytardi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal jahon chempionatida jamoasiga qaratilgan tanqidlarga munosabat bildirdi. Dastlabki turda «qizil furiya» Kabo-Verde bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Jarohatidan tiklanishda davom etayotgan Yamalning o‘zi ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi.

«Jurnalistlar o‘z ishlarini yakunlashga juda shoshmoqdalar. Atigi birinchi tur o‘tdi, xolos. Ispaniya va Portugaliya bir ochkodan to‘pladi. Argentina va Fransiya g‘alaba qozondi va sizlar allaqachon ularni finalga chiqarmoqchisiz. Biz jahon chempionatining atigi birinchi turini o‘ynadik. Men buni tushunmayman: o‘yinlardan zavqlanish o‘rniga, sizlar shoshqaloqlik bilan xulosa chiqarishga oshiqasiz. Sizlar uchun Ispaniya dahshatli. Futbolni haqiqatdan ham tushunadiganlar uchun esa — unday emas», — deb iqtibos keltiradi Mundo Deportivo Yamalning so‘zlaridan.

Yakshanba, 21 iyun kuni Ispaniya guruh bosqichi ikkinchi turida Saudiya Arabistoniga qarshi o‘ynaydi. Luis de la Fuente shogirdlari guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yinni 27 iyun kuni Urugvayga qarshi o‘tkazadilar.

Kiritildi: 19:17, 21.06.2026.
O'qildi: 1664 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик