Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Rangnik: «Kim pul ishlab olmoqchi bo‘lsa, Argentina ustidan qozonadigan g‘alabamizga tiking»

Rangnik: «Kim pul ishlab olmoqchi bo‘lsa, Argentina ustidan qozonadigan g‘alabamizga tiking»

Baho:
+ | -

2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi ikkinchi turida Avstriya terma jamoasi amaldagi chempion — Argentina bilan to‘qnash keladi. Yevropaliklar ustozi Ralf Rangnik bo‘lajak bahs haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Agar kimdir ko‘p pul ishlab olmoqchi bo‘lsa, g‘alabamizga tikishi mumkin. Garchi durang natija ham kutilmagan sovg‘a bo‘lsa-da. Ammo g‘alaba qozonishimiz ham haqiqatga yaqin deb hisoblayman. Argentina safida tarixdagi eng yaxshi futbolchi — Leo Messi o‘ynaydi. Ularning har bir pozisiyasida juda kuchli ijrochilar bor», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Sport1.

Argentinaning Avstriyaga qarshi uchrashuvi bugun, 22 iyun kuni bo‘lib o‘tadi, o‘yin boshlanishi Toshkent vaqti bilan soat 22:00ga rejalashtirilgan.

Kiritildi: 08:49, 22.06.2026.
O'qildi: 1186 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик