Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Angliya terma jamoasining yulduz futbolchisi mashg‘ulotlarga qaytdi

Angliya terma jamoasining yulduz futbolchisi mashg‘ulotlarga qaytdi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi vingeri Bukayo Saka JCH-2026 guruh bosqichi ikkinchi turi doirasida Ganaga qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulotlarga qaytdi.

Londonning «Arsenal» klubi futbolchisi «uch sherlar»ning shanba kungi mashg‘ulotida qatnashmagan edi, ammo yakshanba kuni allaqachon odatiy rejimda mashq qildi, deb xabar bermoqda jurnalist Sami Mokbel. Ko‘rinishidan, 24 yoshli futbolchi bo‘lajak bahsda ishtirok etishga tayyor bo‘ladi.

Xorvatiyaga qarshi birinchi tur uchrashuvida Bukayo Saka 72-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va 85-daqiqada Markus Reshfordga golli uzatmani amalga oshirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi (4:2).

Angliya va Gana terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 23 iyun kuni bo‘lib o‘tadi, o‘yin boshlanishi Toshkent vaqti bilan 24 iyun soat 01:00'da rejalashtirilgan.

Kiritildi: 09:27, 22.06.2026.
O'qildi: 710 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик