Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Eron bosh murabbiyi: «Har ikki jamoa g‘alabaga loyiq edi»

Eron bosh murabbiyi: «Har ikki jamoa g‘alabaga loyiq edi»

Baho:
+ | -

Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Amir Galenoi jahon chempionati guruh bosqichi ikkinchi turida Belgiya bilan qayd etilgan durang (0:0) haqida fikr bildirdi.

«Menimcha, bu juda qiziqarli uchrashuv bo‘ldi. Har ikki jamoa g‘alabaga loyiq edi, ikkalasi ham 3 ochkoni qo‘lga kiritishi mumkin edi. Har bir futbolchiga, ayniqsa Alireza Beyranvandga chin dildan minnatdorchilik bildirmoqchiman», — dedi murabbiy o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Eron terma jamoasi darvozaboni belgiyaliklarning ko‘plab hujumlariga qaramay, o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgani uchun uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Galenoi, shuningdek, sportga aloqasi bo‘lmagan muammolarga qaramay, uning shogirdlari ko‘plab ekspertlarning kutilmalaridan ziyoda natija ko‘rsata olganini ta’kidladi.

Guruh bosqichining ikki turidan so‘ng Eron terma jamoasi jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini saqlab qolmoqda.

Kiritildi: 09:33, 22.06.2026.
O'qildi: 553 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик