Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

«Napoli» himoyachini 15 million yevroga sotib oladi

«Napoli» himoyachini 15 million yevroga sotib oladi

Baho:
+ | -

«Lasio» markaziy himoyachisi Mario Xila «Napoli»ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Alvaro fon Richetti xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, bitim summasi taxminan 15 million yevroni tashkil etadi. Ta’kidlanishicha, bu summaning 50 foizi Madridning «Real» klubiga tegadi, chunki Xila 2022 yilda aynan shu jamoadan «Lasio»ga o‘tgan edi.

O‘tgan mavsumda 25 yoshli himoyachi A Seriya va Italiya Kubogida 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o‘yinlarda u biror marta ham samarali harakat (gol yoki golli uzatma) qayd etmadi.

Xilaning «Lasio» bilan tuzgan shartnomasi kelasi yozgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining narxini 30 million yevroga baholashmoqda.

Kiritildi: 16:32, 22.06.2026.
O'qildi: 751 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик