Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Tedesko «Bolonya»dagi o‘z shtabini tanishtirdi

Tedesko «Bolonya»dagi o‘z shtabini tanishtirdi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Bolonya» klubi yangi bosh murabbiyi Domeniko Tedesko kamida keyingi mavsum davomida o‘zi bilan birga faoliyat olib boradigan yordamchilari — murabbiylar shtabini tanishtirdi.

Shunday qilib, Andrea Tarossi Tedeskoning birinchi yordamchisi etib tayinlandi. Umberto Tedesko esa texnik xodim lavozimini egalladi. Vladimir Chepjanovich va Maks Urvantski ham xuddi shunday maqomda ish boshlashadi.

Leonardo Shirpoli «Bolonya»ning bo‘lajak raqiblari o‘yinini tahlil qilish bilan shug‘ullanadi, Andrea Sentimenti esa darvozabonlarni shug‘ullantiradi. Nikolo Prandelli va Paolo Alyello futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga mas’ul etib belgilandi. Alfonso Lobashio hamda Marko Onnivello esa uchrashuvlarni tahlil qilib, bosh murabbiyga tegishli hisobotlarni taqdim etib borishadi.

Kiritildi: 19:52, 22.06.2026.
O'qildi: 556 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик