Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya 1-1 Misr
04/07 03:00 Argentina 3-2 Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

Fabio Kannavaro: «Ronalduni jarima maydonida bir lahzaga ham e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi»

Fabio Kannavaro: «Ronalduni jarima maydonida bir lahzaga ham e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Portugaliyaga qarshi o‘yin oldidan rasmiy matbuot anjumani ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Raqibimiz Jahon chempionatidagi eng kuchli jamoalardan biri hisoblanadi. Agar Portugaliya jamoasini tahlil qilib ko‘rsangiz, ularning qanotlarda juda kuchli futbolchilari bor, dunyoning eng yaxshi yarim himoya chiziqlaridan biriga ega, shuningdek futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilaridan biri ham shu jamoada o‘ynaydi.

Shunday ekan, bu oson o‘yin bo‘lmaydi. Lekin biz Jahon chempionatidamiz, jamoa sifatida harakat va mehnat qilishimiz zarur. Chunki ijobiy natija bilan maydonni tark etishning yagona yo‘li shu.

— Biz Portugaliyaning futbol falsafasini o‘rganishga harakat qildik. Ular doimo to‘p nazorati orqali o‘yinni boshqarishni yoqtiradi. Shuningdek, uchrashuvni juda faol boshlashga intilishlarini ham bilamiz. Chunki imkoni qadar tezroq o‘yinni o‘z foydasiga burishni, himoyani yorib o‘tishni istashadi.

Shundan kelib chiqib biz ham bunga tayyorgarlik ko‘rdik, deb o‘ylayman. O‘z rejamiz va strategiyamiz bor va maydonda aynan o‘z o‘yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz. Futbol shunday o‘yin. Biz juda kuchli jamoaga qarshi maydonga tushayotganimizni bilamiz, ammo avval ham aytganimdek, biz bundan qo‘rqmaymiz.

Qo‘limizdan kelgan eng yaxshi o‘yinni ko‘rsatishga va uchrashuv oxirigacha kurashishga harakat qilamiz.

— Avval ham aytganimdek, biz faqat Krishtianuga qarshi o‘ynamaymiz. U futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri, biroq Portugaliya faqat Ronaldudan iborat emas. Ularning asosiy tarkibida ham, zaxirasida ham juda ko‘p yuqori saviyali futbolchilar bor. Shunga qaramay, jarima maydonida Ronalduni bir lahzaga ham e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi.

U standart vaziyatlarda ham, o‘yin davomida ham istalgan payt gol urishga qodir. Shu bois butun o‘yin davomida maksimal darajada diqqatli bo‘lishimiz kerak.

— Jamoaga kelganimizdan buyon asosiy e’tibor futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratildi. Ayrim futbolchilar turli chempionatlarda o‘ynagan, ba’zilarida esa ma’lum muammolar mavjud edi. Shunga qaramay, so‘nggi o‘yin davomida futbolchilarning holati yaxshi ekanini ko‘rdim. Jamoa uchrashuvni yuqori tempda yakunladi va barcha o‘zini yaxshi his qildi.

— Albatta, statistikalarni tahlil qilish oson emas. Masalan, to‘pning harakat tezligiga qarasangiz, futbolchilarning texnik mahoratlari qanchalik yuqori ekanini tushunishingiz mumkin. Men faqat jismoniy ko‘rsatkichlarga qarashni yoqtirmayman. Chunki yakunda eng muhimi — to‘pni qanday nazorat qilishingiz, qanday uzatishingiz va uni qanchalik kam yo‘qotishingizdir.

Menimcha, agar siz o‘yin davomida to‘pni 20 marta yo‘qotsangiz, uni qaytarib olish uchun 20 marta yugurishingizga to‘g‘ri keladi. Bu esa juda muhim omil. Portugaliyaning statistikasi esa, albatta, ko‘p jihatlar bo‘yicha yuqori darajada. Biz buni bilamiz va tahlil qilib chiqqanmiz.

Shu bilan birga, biz maydonda tartibsiz ravishda har tomonga yugurib yurishimiz kerak emas. Masala ko‘p yugurishda emas, to‘g‘ri yugurishda. To‘pni yo‘qotmaslik va uni qayerda qaytarib olishni bilish muhim.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 06:29, 23.06.2026.
O'qildi: 1252 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик