Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

«Real» Tchuamenini sotishga tayyor

«Real» Tchuamenini sotishga tayyor

Baho:
+ | -

Fransiyalik yarim himoyachi Orelyen Tchuameni yozgi transfer oynasida Madridning «Real» klubini tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Djanluidji Longari xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Tchuamenining o‘zi «Real»da qolishni xohlaydi, biroq klub uning transferini istisno qilmayapti. Ta’kidlanishicha, «Manchester Yunayted» futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Yakunlangan mavsumda 26 yoshli fransiyalik futbolchi barcha musobaqalarni hisobga olganda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va o‘z hisobiga ikkita golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

«Transfermarkt» ma’lumotlariga ko‘ra, Tchuamenining qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 15:23, 23.06.2026.
O'qildi: 2319 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик