Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Krishtianu Ronaldu Eysebioni ortda qoldirib, Portugaliyaning JCHlaridagi eng yaxshi to‘purariga aylandi

Krishtianu Ronaldu Eysebioni ortda qoldirib, Portugaliyaning JCHlaridagi eng yaxshi to‘purariga aylandi

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi jahon chempionati "K" guruhi 2-turidan o‘rin olgan O‘zbekistonga qarshi bahsda dubl qayd etib, mamlakat rekordini yangiladi.

Xyuston shahridagi "En-Er-Ji Stedium" stadionida o‘tayotgan uchrashuvda Ronaldu ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi va jahon chempionatlaridagi gollari sonini 10 taga yetkazdi.

Shu tariqa 41 yoshli futbolchi Portugaliya terma jamoasi tarixida jahon chempionatlarida eng ko‘p gol urgan o‘yinchiga aylandi. Bu boradagi avvalgi rekord afsonaviy hujumchi Eysebioga tegishli bo‘lib, u mundiallarda 9 ta gol urgan edi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston darvozasiga kiritilgan gollar orqali Ronaldu yana bir tarixiy natijaga erishdi. U jahon chempionatlarida oltita turli turnirda gol urgan ilk futbolchi sifatida tarixga kirdi.

Portugaliyalik yulduz 2006, 2010, 2014, 2018, 2022 va 2026 yillardagi jahon chempionatlarida raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 22:50, 23.06.2026.
O'qildi: 2156 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик