Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

FIFA sharhlovchini jahon chempionatidan chetlatdi

FIFA sharhlovchini jahon chempionatidan chetlatdi

Baho:
+ | -

FIFA paragvaylik sharhlovchi Xorxe Veraning akkreditasiyasini bekor qildi. Bu haqda Ole nashri xabar berdi.

20 iyun kuni Paragvay terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichi 2-turida Turkiyani 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi so‘nggi daqiqalarida bosh hakam Ivan Barton Paragvay terma jamoasi yetakchilaridan biri Migel Almironni maydondan chetlatdi. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi og‘zini qo‘li bilan yopgan holda turkiyalik Mert Myuldyurga murojaat qilgan. Bunday holat uchun qizil kartochka berish qoidasi jahon chempionati boshlanishidan oldin joriy etilgan edi.

Mazkur qarordan so‘ng Xorxe Vera jonli efirda keskin fikrlar bildirdi.

«O‘g‘ri, o‘g‘ri, o‘g‘ri. Barton, sen o‘g‘risan. Sen futbolni o‘ldirding. FIFA, sen futbolni o‘ldirding. Infantino, buning uchun sen javobgarsan. O‘g‘rilar. Ular bizning futbolchimizni tortib olishdi. O‘g‘rilar. FIFA, futbolni bunday ahvolga keltirganing uchun javobgarlikni o‘z zimmangga ol. Alexandro Dominges, KONMEBOL rahbari sifatida nimadir qilishing kerak. Infantino bilan suratga tushishni kamaytirib, jasorat ko‘rsat. La’nati o‘g‘rilar. Nahotki jahon chempionatida shuni ko‘rishimiz kerak bo‘lsa? Bu sharmandalik», — dedi Vera efir chog‘ida.

Oradan ko‘p o‘tmay jurnalist o‘z so‘zlari uchun uzr so‘radi. Biroq ABC telekanali uni jahon chempionatiga bag‘ishlangan barcha dasturlardan chetlatishga qaror qildi.

Jahon chempionati-2026. D guruhi, 2-tur
20 iyun, shanba
Turkiya — Paragvay — 0:1
Gol: Galarsa, 2.
Chetlatish: Migel Almiron (Paragvay), 45+3.

Manba: championat.com
Kiritildi: 10:10, 24.06.2026.
O'qildi: 3368 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик