Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bavariya» APL klubidan Goreskaga o‘rinbosar topdi

«Bavariya» APL klubidan Goreskaga o‘rinbosar topdi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» yarim himoyachisi Lukas Bergvall «Bavariya» radariga tushdi.

«Shporlar» bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi futbolchini boshlang‘ich tarkibda ko‘rmayapti, shu bois so‘nggi paytlarda matbuotda ushbu istiqbolli o‘yinchining ketishi haqida mish-mishlar tez-tez paydo bo‘lmoqda.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, «Bavariya» yarim himoyachi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Myunxen klubi 20 yoshli futbolchida jamoani tark etgan Leon Goreskaga o‘rinbosar ko‘rmoqda.

Bergvallga Angliyaning «Chelsi», «Aston Villa» va «Nottingem Forest» klublari ham qiziqish bildirmoqda. Lukasning «Tottenxem» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan, uning «Transfermarkt» portalidagi taxminiy qiymati esa 35 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 14:31, 24.06.2026.
O'qildi: 827 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик