Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

Vinisius Junior “Real”ni tark etishi mumkin — manba

Vinisius Junior “Real”ni tark etishi mumkin — manba

Baho:
+-1 | -

Madridning “Real” klubi futbolchisi Vinisius Junior yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ramon Alvares o‘zining X (sobiq Twitter) tarmog‘idagi sahifasida xabar bergan.

Manbaga ko‘ra, Madrid klubi braziliyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish ehtimoli juda kam, deb hisoblamoqda. Qayd etilishicha, “Real” prezidenti Florentino Peres xohlasa, Vinisiusning moliyaviy talablarini qondira oladi, biroq hozircha rahbariyat bunday qaror qabul qilishga tayyor emas. Shu bilan birga, “Real” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida hamma uchun manfaatli taklif bera oladigan xaridor kutayotganini ham yashirmayapti.

Ammo, Vinisiusning kelajagi borasida klub hali yakuniy qarorga kelmagan. Sababi futbolchi ayni paytda Braziliya milliy terma jamoasi safida 2026 yilgi Jahon chempionati bahslarida ishtirok etmoqda. Musobaqa yakuniga yetgach, barchasi hal bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius Junior 2018 yilda Braziliyaning “Flamengo” klubidan Madridning “Real” jamoasiga o‘tgan edi. Hozirda u “qirollik klubi”ning yetakchi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Vinisius hozirga qadar madridliklar safida 373 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 127 ta gol va 100 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:57, 24.06.2026.
O'qildi: 3681 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик