Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Mark Kukurelya vinger Lamin Yamalni ko‘rsatayotgan o‘sishi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Yamal futbolchi va shaxs sifatida juda tez ulg‘aymoqda. Yevrodan keyingi o‘tgan ikki yil ichida u sezilarli darajada o‘sdi. Hozir u ancha vazmin va mulohazali bo‘lib qolgan. Yoshiga qarasangiz — u hali ham bolakay, lekin maydonda va hayotda haqiqiy erkakdek harakat qiladi. Yosh — bu shunchaki raqam, men unda juda ulg‘aygan insonni ko‘ryapman», — deya Kukurelyaning so‘zlarini keltiradi Marca nashri.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi amaldagi Yevropa chempioni hisoblanadi. Luis de la Fuente shogirdlari Jahon chempionati guruh bosqichining ikki turidan so‘ng 4 ochko jamg‘argan holda «H» guruhida peshqadamlik qilmoqda. «Qizil furiya» dastlabki turda Kabo-Verde (0:0) bilan durang o‘ynadi va ikkinchi turda Saudiya Arabistonini (4:0) mag‘lubiyatga uchratdi.













