Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Ruben Diash «Real»ga o‘tishga umid qilmoqda

Ruben Diash «Real»ga o‘tishga umid qilmoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» himoyachisi Ruben Diash faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.

Taniqli jurnalist Mario Kortegananing xabar berishicha, Madridning «Real» klubi portugaliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o‘zi ham shu yozda Madrid grandiga ko‘chib o‘tish variantini jiddiy ravishda ko‘rib chiqmoqda. O‘z navbatida, «shaharliklar» rahbariyati himoyachini jamoada saqlab qolish tarafdori.

Ma’lumot uchun, Ruben Diash 2020 yili 71 million yevro evaziga Lissabonning «Benfika» klubidan «Manchester Siti»ga o‘tgan edi. Uning inglizlar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Potugliyalik himoyachi yakunlangan 2025/26 yilgi mavsumda «shaharliklar» safida barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘ydi. Nufuzli Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 03:29, 25.06.2026.
O'qildi: 1523 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик