Kirish Ro'yxatdan o'tish

Alvares Barselonadan ikkita uy tanlab qo‘ydi

Alvares Barselonadan ikkita uy tanlab qo‘ydi

Baho:
+ | -

Madridning "Atletiko" klubi argentinalik hujumchisi Xulian Alvares Barselonaga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda.

Jurnalist Ernan Kastilyo xabar berishicha, futbolchi bo‘lajak transferga tayyorgarlik ko‘rgan holda, Kataloniya poytaxtidan o‘zi uchun ikkita uy tanlab qo‘ygan. Uylardan biri hujumchining o‘zi uchun, ikkinchisi esa Argentinadan keladigan oila a’zolari uchun mo‘ljallangan.

Mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, ayni damda "Barselona" "Atletiko" bilan Alvaresning ehtimoliy transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Forvardning o‘zi allaqachon o‘tishga rozilik bergan va faqatgina "ko‘k-anorranglilar" safida o‘ynashni istaydi.

Hozirgi kunlarda Alvares Argentina terma jamoasi tarkibida Jahon chempionatida ishtirok etmoqda.

Kiritildi: 18:33, 25.06.2026.
O'qildi: 1218 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик