Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika - Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr

"PSJ" Tyuram borasida "Yuventus" bilan muzokara olib bormayapti

"PSJ" Tyuram borasida "Yuventus" bilan muzokara olib bormayapti

Baho:
+ | -

Ayni damda "PSJ" va "Yuventus" klublari o‘rtasida yarim himoyachi Kefren Tyuramning ehtimoliy transferi bo‘yicha hech qanday muzokaralar olib borilmayapti. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, avvalroq tarqalgan mish-mishlarga qaramay, parijliklar hozircha 25 yoshli fransiyalik futbolchini sotib olishni rejalashtirmayapti.

Yakunlangan mavsumda Tyuram barcha turnirlarni hisobga olgan holda 45 ta uchrashuvda maydonga tushdi, to‘rt bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va o‘z hisobiga beshta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Tyuramning "Yuventus" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Nufuzli Transfermarkt portali ekspertlari futbolchini 38 million yevroga baholashmoqda.

Kiritildi: 18:43, 25.06.2026.
O'qildi: 596 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик