Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati ishtirokchilari soni 48 taga yetkazilishi mumkin

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati ishtirokchilari soni 48 taga yetkazilishi mumkin

Baho:
+ | -

FIFA Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 32 tadan 48 tagacha kengaytirishga yaqin turibdi. Bu o‘zgarish 2029 yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi turnirdayoq kuchga kirishi mumkin. Britaniyaning The Guardian nashri xabar berishicha, bunga FIFA va Yevropa klublari birlashmasi (EFC) o‘rtasidagi yangi kelishuv zamin yaratmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, tomonlar turnirni tashkil etish va uning tijoriy rivojlanishi bilan shug‘ullanuvchi qo‘shma korxona tuzishga kelishib olganlar. Ushbu hamkorlik musobaqani kengaytirish jarayonini tezlashtirishi kutilmoqda.

2025 yilgi turnirda Yevropa sharafini 12 ta klub himoya qilgan edi, biroq "Liverpul", "Barselona" va "Napoli" kabi grandlar musobaqadan chetda qolishdi. Amaldagi saralash tizimiga ko‘ra, turnirda Chempionlar ligasining so‘nggi g‘oliblari va UEFA reytingida eng yuqori o‘rinni egallagan klublar ishtirok etishi belgilangan bo‘lib, bitta mamlakatdan faqat ikkita jamoa qatnashishiga cheklov qo‘yilgan edi.

EFC ushbu limitni bekor qilishga erishmoqchi. Agar bu o‘zgarishlar qabul qilinsa, ingliz klublari qo‘shimcha o‘rinlarga ega bo‘lishi mumkin, chunki "Arsenal", "Liverpul" va "Manchester Siti" klublari UEFA reytingining kuchli sakkiztaligidan joy olgan.

Tashkilotdagilarning fikricha, yevropalik ishtirokchilar sonining ko‘payishi turnirning tijoriy jozibadorligini yanada oshiradi.

Kiritildi: 18:51, 25.06.2026.
O'qildi: 1235 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик