Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya 2-1 Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya - Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya - Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr

Palmer Angliya terma jamoasidan chetda qolgani haqida: "O‘zgartirib bo‘lmaydigan qaror tufayli qayg‘urmoqchi emasman"

Palmer Angliya terma jamoasidan chetda qolgani haqida: "O‘zgartirib bo‘lmaydigan qaror tufayli qayg‘urmoqchi emasman"

Baho:
+ | -

"Chelsi" yarim himoyachisi Koul Palmer Angliya terma jamoasining Jahon chempionati — 2026 uchun qaydnomasidan joy olmagani borasida ilk bor ommaviy ravishda fikr bildirdi. Futbolchi hozirda mavsumlararo tanaffusni Ispaniyaning Ibisa orolida o‘tkazmoqda.

"Bu yozda yaxshilab dam olmoqchiman. So‘nggi 3-4 yil ichida ilk bor kuch yig‘ib, tiklanib olmoqchiman va keyin o‘zim yaxshi ko‘rgan ishga qaytaman", — dedi Palmer "i-d.co" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, ushbu futbolchi Garri Maguayr, Fil Foden va Trent Aleksander-Arnold kabi bir qator boshqa mashhur o‘yinchilar qatori Angliya terma jamoasining Jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritilmagan edi.

"Bu mavsum faoliyatimdagi eng yaxshisi bo‘lmadi, ammo bu endi hech narsani o‘zgartirmaydi. Men o‘zgartirib bo‘lmaydigan qaror tufayli kuyib-pishmoqchi emasman va jamoaga muvaffaqiyat tilayman", — deya ta’kidladi u.

Shuningdek, futbolchi agar dam olish jadvali yo‘l qo‘ysa, Angliya terma jamoasining uchrashuvlarini kuzatib borish niyatida ekanligini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 19:04, 25.06.2026.
O'qildi: 868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик