Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Nagelsmann: "Biz Ekvadordan qabul qilingan mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqaramiz"

Nagelsmann: "Biz Ekvadordan qabul qilingan mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqaramiz"

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann JCH-2026 doirasida Ekvadordan uchralgan mag‘lubiyatdan keyingi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. U bu haqda o‘yindan keyingi matbuot anjumanida gapirib o‘tdi.

"Biz o‘yinni ajoyib boshladik. Afsuski, gol urganimizdan so‘ng darhol pozisiyalarni o‘zgartirib, taktik o‘z-o‘zini o‘ldirish bilan shug‘ullanishni boshladik. Bu vaziyatni qiyinlashtirib yubordi.

Ekvador bu bahsga borini berdi va bu yaqqol ko‘rinib turdi. Ammo mening o‘yinchilarimdan kimdir maydonda bor kuchini bermadi, deb ayta olmayman.

Mag‘lubiyat hech qachon yaxshi bo‘lmaydi, hatto mana shunday ahamiyatga ega o‘yinda ham. Biz bundan to‘g‘ri xulosa (saboq) chiqaramiz va oldinga intilamiz. Biz bundan saboq olishimiz va o‘yinimizni yaxshilashimiz kerak, shu bilan birga kelajakka ham boqishimiz lozim.

Endi keyingi bosqichga yo‘l olish uchun 1/16 final uchrashuvida bor kuchimizni ishga solish muhim ahamiyatga ega", — dedi Nagelsmann.

Kiritildi: 09:21, 26.06.2026.
O'qildi: 662 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик