Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya

Luka Modrich jahon chempionatlari tarixida yosh bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Luka Modrich jahon chempionatlari tarixida yosh bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrich 40 yoshu 292 kunligida jahon chempionatlari tarixida eng keksa golli uzatma muallifiga aylandi. Bu haqda MisterChip ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Tajribali yarim himoyachi JCH-2026 guruh bosqichining 3-turida Ganaga qarshi uchrashuvda (2:1) golli uzatmasi bilan ajralib turdi.

Shu tariqa, Modrich ushbu mundialda bosniyalik hujumchi Edin Jeko tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi. Jeko Qatarga qarshi o‘yinda 40 yoshu 109 kunligida golli uzatma amalga oshirgan edi.

Jahon chempionatlari tarixidagi eng keksa golli uzatma mualliflari:

  • Luka Modrich — 40 yosh 292 kun (Ganaga qarshi, JCH-2026);

  • Edin Jeko — 40 yosh 109 kun (Qatarga qarshi, JCH-2026);

  • Tyagu Silva — 38 yosh 83 kun (Janubiy Koreyaga qarshi, JCH-2022);

  • Roje Milla — 38 yosh 51 kun (Angliyaga qarshi, JCH-1990);

  • Fris Valter — 37 yosh 236 kun (Shimoliy Irlandiyaga qarshi, JCH-1958).

Jahon chempionati-2026. Final bosqichi. L guruhi, 3-tur

XorvatiyaGana2:1

Gollar: Suchich, 31 (1:0), Lyukkassen, 73 (1:1), Vlashich, 83 (2:1).

Manba: championat.com
Kiritildi: 05:55, 28.06.2026.
O'qildi: 1485 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик