Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/08 19:00 Navbahor 4-3 Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo 2-2 Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum 2-0 Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Simeone tarixdagi eng buyuk futbolchi nomini aytdi

Simeone tarixdagi eng buyuk futbolchi nomini aytdi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Juliano Simeone 39 yoshli hujumchi Lionel Messining Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionati — 2026dagi o‘yin darajasini baholadi.

«Messi haqida gapiradigan gapning o‘zi qolmadi, u — dunyoning eng yaxshi futbolchisi. U tarixdagi eng buyuk o‘yinchi va buni haligacha isbotlashda davom etmoqda. Uning maydonda o‘ziga xos sehri bor.

Iordaniya bilan o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, ko‘rsatgan natijamizdan qoniqdim. Biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Gol o‘tkazib yuborganimiz achinarli, albatta, lekin g‘alabadan xursandmiz», — deya yarim himoyachining so‘zlarini Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) matbuot xizmati keltirmoqda.

Mundialning guruh bosqichi doirasida Messi uchta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga oltita gol yozdirib qo‘yishga ulgurdi.

Kiritildi: 12:13, 28.06.2026.
O'qildi: 1200 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик