Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya 2-1 Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya - Senegal
02/07 05:00 AQSh - Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

«Yuventus» Dzanyolo bilan muzokaralar olib bormoqda

«Yuventus» Dzanyolo bilan muzokaralar olib bormoqda

Baho:
+ | -

Hujumchi Nikolo Dzanyolo shu yozda «Udineze»ni tark etishi mumkin.

Tuttosport nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Yuventus» futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Turin klubi o‘yinchining vakillari bilan bog‘langan va transfer uchun dastlabki rozilikni olgan. Ushbu transfer summasi 15 million yevroni tashkil qilishi mumkin. Shuningdek, Dzanyoloni «Milan» va «Komo» klublari ham o‘z tarkibida ko‘rishni istamoqda. «Udineze» esa forvardni saqlab qolmoqchi, biroq futbolchining o‘zi jamoada qolishni xohlamayapti.

Nikolo Dzanyolo shu yozda «Galatasaroy»dan «Udineze»ga 5 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:54, 28.06.2026.
O'qildi: 439 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик