Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

«Arsenal» «Inter»ning transferini barbod qilishga tayyor

«Arsenal» «Inter»ning transferini barbod qilishga tayyor

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi «Liverpul» yarim himoyachisi Kyortis Jonsni «Inter»dan tortib olishi mumkin.

Calciomercato nashrining xabariga ko‘ra, «Arsenal» 25 yoshli futbolchi uchun kurashga qo‘shilgan. «Inter» ham unga bo‘lgan qiziqishini saqlab turibdi, biroq «Liverpul» talab qilayotgan 40 million yevroni to‘lashga tayyor emas. Hozircha Italiya chempioni 25 million yevrodan ko‘p bo‘lmagan mablag‘ taklif qilmoqda.

Alohida ta’kidlanishicha, «to‘pchilar» bosh murabbiy Mikel Arteta uchun yarim himoya chizig‘ini rang-barang qilish maqsadida Jonsni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

2025/26 yilgi mavsumda Jons barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Xavbekning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi.

Kiritildi: 12:57, 28.06.2026.
O'qildi: 882 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик