Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 3-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

Grimaldo «Bayer»dan «Atletiko»ga o‘tdi

Grimaldo «Bayer»dan «Atletiko»ga o‘tdi

Baho:
+ | -

Ispaniyalik futbolchi Alexandro Grimaldo Leverkuzenning «Bayer» klubini Madridning «Atletiko»siga almashtirdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, klublar transfer kelishuvini yakunlashgan. Ispaniya terma jamoasining 30 yoshli himoyachisini sotib olish «Atletiko»ga 15 million yevro hamda bonus to‘lovlari evaziga tushadi. Futbolchining «matraschilar» bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, unda yana bir mavsumga uzaytirish opsiyasi ham mavjud bo‘ladi.

Yakunlangan mavsumda Grimaldo barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Grimaldo — «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Ispaniyada boshqa jamoalar safida to‘p surmagan bo‘lsa-da, faoliyati davomida «Benfika» va «Bayer» klublarida o‘ynagan.

Kiritildi: 13:00, 28.06.2026.
O'qildi: 770 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик