Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Fabrisio Romano: Li Kan In «PSJ»dan «Atletiko» Madridga o‘tishga juda yaqin

Fabrisio Romano: Li Kan In «PSJ»dan «Atletiko» Madridga o‘tishga juda yaqin

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» hujumkor yarim himoyachisi Li Kan In Madridning «Atletiko» klubiga o‘tishga bir qadam qoldi.

Parijliklar va «matraschilar» transfer shartlari bo‘yicha kelishuvga juda yaqin turishibdi, deb xabar bermoqda insayder Fabrisio Romano. 25 yoshli o‘yinchining o‘zi Ispaniya klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib bo‘lgan.

Li Kan In bundan avval ham La Ligada to‘p surgan: u Fransiyaga ko‘chib o‘tishdan oldin «Valensiya» va «Malyorka» sharafini himoya qilgan. Yakunlangan mavsumda janubiy koreyalik futbolchi Luis Enrike qo‘l ostida barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali ushbu universal xavbekning transfer qiymatini 28 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:09, 28.06.2026.
O'qildi: 532 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик