Ispaniya terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichi uchinchi turi doirasida Urugvayga qarshi kechgan o‘yinda (1:0) jarohat olgan Yeremi Pino va Niko Uilyamsning tibbiy ko‘rik natijalarini qabul qilib oldi.
Qirollik Ispaniya futbol federasiyasi xabar berishicha, Pinoning o‘ng o‘mrov suyagi singani o‘z tasdig‘ini topmadi. Vingerda yelka bo‘g‘imi boylamlarining shikastlanishi tashxisi qo‘yilgan.
O‘z navbatida, Niko Uilyamsda raqib bilan to‘qnashuvdan so‘ng o‘ng sonining yaqinlashtiruvchi mushagi shikastlangani aniqlangan.
Federasiya har ikki jarohat ham o‘rtacha og‘irlik darajasida ekanligini qayd etdi. Futbolchilar Ispaniya terma jamoasi ixtiyorida qolishadi, ularning keyingi o‘yinlardagi ishtiroki bo‘yicha qaror esa tiklanish sur’atiga qarab qabul qilinadi.













