Kirish Ro'yxatdan o'tish

Klopp: «Iraola — ajoyib murabbiy, ammo...»

Klopp: «Iraola — ajoyib murabbiy, ammo...»

Baho:
+ | -

«Liverpul» klubining sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Andoni Iraolaning mersisaydliklar ustozi etib tayinlanishiga munosabat bildirdi. Germaniyalik mutaxassisning fikricha, ispaniyalik murabbiy muvaffaqiyatli faoliyat uchun barcha zarur fazilatlarga ega, biroq uzoq muddatli natijalar faqatgina unga bog‘liq bo‘lmaydi.

«Andoni Iraola — xuddi Arne Slot kabi ajoyib murabbiy. Ammo hamma narsa bir-biriga mos tushishi kerak. Jamoa va murabbiy uzoq yillar davomida bir tanu bir jon bo‘lib ishlashi lozim, buning uchun esa ozgina omad ham kerak bo‘ladi», — deya Kloppning so‘zlarini keltiradi ESPN.

«Bir yil avval jamoaning chempion bo‘lganidan juda xursand bo‘lgandim. Keyinchalik nima noto‘g‘ri ketganini bilmayman. O‘tgan mavsumdan hech kimning ko‘ngli to‘lmadi, lekin shunda ham klub Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, bu ham katta yutuq», — deya ta’kidladi germaniyalik mutaxassis.

«Liverpul» APLning yangi mavsumini 23 avgust kuni safarda «Nyukasl»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Kiritildi: 20:18, 28.06.2026.
O'qildi: 1366 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик