Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Anchelotti: «Neymar 15 daqiqadan ko‘proq o‘ynashi mumkin»

Anchelotti: «Neymar 15 daqiqadan ko‘proq o‘ynashi mumkin»

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti JCH-2026 1/16 finali doirasidagi Yaponiyaga qarshi uchrashuv oldidan hujumchi Neymarning tayyorgarligi xususida fikr bildirdi.

34 yoshli futbolchi guruh bosqichining Gaitiga qarshi kechgan so‘nggi o‘yinida (3:0) ishtirok etib, 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan edi. «Santos» hujumchisi dastlabki ikkita uchrashuvni boldir mushagidagi jarohat sababli o‘tkazib yuborgandi.

«U yaxshi tiklanmoqda. So‘nggi hafta ichida o‘z tayyorgarligini sezilarli darajada yaxshilab oldi. Afsus, u butun vaqt davomida biz bilan birga mashg‘ulot o‘tkaza olmadi.

Albatta, u 15 daqiqadan ko‘proq o‘ynashi mumkin. Bu ko‘p jihatdan o‘yinning qanday kechishiga bog‘liq», – dedi Anchelotti.

Kiritildi: 08:33, 29.06.2026.
O'qildi: 475 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик