Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

Markinyos Yaponiya terma jamoasi hujumchisini tanqid qildi

Markinyos Yaponiya terma jamoasi hujumchisini tanqid qildi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi himoyachisi Markinyos braziliyaliklar «avvalgidek kuchli emas» deb aytgan Yaponiya terma jamoasi hujumchisi Kento Siogaining fikrlariga munosabat bildirdi va uni tanqid qildi.

«Bo‘ldi-da, yetar. Ularning gapirishda davom etayotgani yaxshi — bu jamoamizga faqat qo‘shimcha motivasiya beradi. Biz AQSHda bo‘lib turganimizga deyarli bir oy bo‘ldi. Katta kamtarlik bilan o‘z maqsadimiz yo‘lida juda qattiq mehnat qilishda davom etyapmiz. Bunday gap-so‘zlarni raqiblarimizga qoldiramiz — mayli, gapiraverishsin, bu bizni yanada ruhlantiradi.

Balki, bu ular tomonidan biroz haddan tashqari o‘ziga ishonchlik alomatidir. Braziliya baribir buyuk terma jamoa bo‘lib qolaveradi. Biz shunchaki ertaga o‘z kuchimiz va mahoratimizni ko‘rsatishimiz kerak. Har bir to‘p muhim bo‘ladi, har bir vaziyat hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Biz bunday so‘zlarni ularga qoldiramiz, o‘zimiz uchun esa bu o‘yinga qo‘shimcha motivasiya bo‘lishi kerak — har bir to‘p uchun kurashish va ushbu uchrashuvda o‘zimiz loyiq bo‘lgan g‘alabani qo‘lga kiritish», — deya Markinyosning so‘zlarini keltiradi Globo nashri.

Braziliya va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi JCH-2026 1/16 final uchrashuvi 29 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 08:59, 29.06.2026.
O'qildi: 744 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик