Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

Xavers: «G‘alabaga tashnamiz»

Xavers: «G‘alabaga tashnamiz»

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi hujumchisi Kay Xavers JCH-2026 1/16 finalidan o‘rin olgan Paragvayga qarshi uchrashuv oldidan jamoaning kayfiyati haqida gapirdi. O‘yin bugun, 29 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

«Biz Paragvayni mag‘lub eta olishimizga to‘liq ishonamiz. Yirik turnirda qatnashayotganingda odamlar ko‘p gapirishadi. Boshqalarning nima deyishi men uchun muhim emas. Bor e’tiborimizni o‘zimizga qaratganmiz. Rostini aytsam, odamlarning gap-so‘zlari menga qiziq emas. Biroz vaqt kerak, chunki hamma terma jamoaga o‘z klubidan keladi va jamoadoshlariga ko‘nikishi lozim.

Paragvay terma jamoasiga qarshi bahs men uchun jahon chempionati pley-off bosqichidagi birinchi o‘yin bo‘ladi. Biz g‘alabaga tashnamiz — o‘yin yaxshi o‘tadi. Umuman olganda, menga bunday yirik voqealar yoqadi, bunday muhitda o‘zimni qulay his qilaman va shu ruhda davom etishga umid qilaman. Buning uchun tinimsiz mehnat qilish va o‘zingga ishonish kerak.

Biz — futbolchilar o‘rtasida yaqin munosabatlar shakllangan va biz bor imkoniyatimizni ko‘rsatmoqchimiz. O‘ylaymanki, biz bir-birimizni anchadan beri bilamiz va bir-birimizni bundan ham yaxshiroq bilishga ehtiyoj bo‘lmasa kerak, lekin ba’zida kirishib ketish uchun biroz vaqt talab etiladi: axir hamma o‘z klublaridagi jamoadoshlari bilan o‘ynashga odatlangan. Ammo ertaga juda yaxshi harakat qila olishimizga ishonaman», — moya Xaversning so‘zlarini keltiradi ijtimoiy tarmoqdagi Bayern & Germany sahifasi.

Kiritildi: 09:26, 29.06.2026.
O'qildi: 388 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик