Fransiya terma jamoasi va «Milan» klubi darvozaboni Mayk Menyanda Angliya Premyer-ligasining top-klubiga o‘tish varianti paydo bo‘ldi. Bu haqda Milan News 24 jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, londonning «Chelsi» klubi fransiyalik posbonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. «Aristokratlar» vakillari joriy transfer oynasida ehtimoliy transfer borasida futbolchining agentlari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Menyan «rossonerilar» safida 2021 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2031 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ekspertlari 30 yoshli fransiyalik darvozabonning transfer qiymatini 20 million yevroga baholashmoqda.













