Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

Jahon chempioni Ronaldu haqida: «Terma jamoadoshlari hozir unga ishonishmayapti»

Jahon chempioni Ronaldu haqida: «Terma jamoadoshlari hozir unga ishonishmayapti»

Baho:
+ | -

Taniqli italiyalik sobiq futbolchi Marko Tardelli hujumchi Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasidagi vaziyati haqida fikr bildirdi.

41 yoshli hujumchi tanqidlarga qaramay, JCH-2026 bahslarida portugaliyaliklarning asosiy tarkibida maydonga tushishda davom etmoqda. «An-Nasr» yulduzi O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘yinda (5:0) dubl qayd etishga muvaffaq bo‘ldi, biroq Kongo DR (1:1) va Kolumbiya (0:0) bilan uchrashuvlarda gol ura olmadi.

«Hech kimning xafa qilishni istamayman, lekin Ronaldu o‘zining hozirgi holatida zaxira o‘rindig‘ida o‘tirsa ham bo‘lardi. U endi maydonda oldingidek katta farqni yuzaga keltira olmayapti. Portugaliya terma jamoasidagi sheriklari hozir unga ishonmayotgani ko‘rinib turibdi», — deya 1982 yilgi jahon chempioni Tardellining so‘zlarini keltiradi jurnalist Nikolo Skira.

Eslatib o‘tamiz, 3 iyul kuni Roberto Martines shogirdlari 1/16 final doirasida Xorvatiyaga qarshi maydonga tushishadi.

Kiritildi: 11:47, 29.06.2026.
O'qildi: 800 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик