Yozgi transfer oynasida «Liverpul» safini to‘ldirgan ispaniyalik vinger Viktor Munyos transfer rasmiylashtirilganidan so‘ng ilk bor fikr bildirdi.
«Qachonki shunday imkoniyat paydo bo‘lsa, uni qo‘ldan boy bermaslik kerak. Hamma narsa juda tez sodir bo‘ldi. «Enfild»da faoliyatimning yangi sahifasi boshlanadi. «Liverpul» safidagi debyutimni intiqlik bilan kutyapman», — deya futbolchining so‘zlarini mersisaydliklar top-klubi matbuot xizmati keltiradi.
Avvalroq, Munyos «Osasuna» klubidan «Liverpul»ga 40 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgani e’lon qilingan edi.
La Liganing o‘tgan mavsumida 22 yoshli vinger 34 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Viktor o‘z hisobiga 7 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.













