Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Marselo Byelsa JCH-2026dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Urugvay futbolchilarini aybladi

Marselo Byelsa JCH-2026dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Urugvay futbolchilarini aybladi

Baho:
+ | -1

Urugvay milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Byelsa jamoa bilan xayrlashuv uchrashuvida Jahon chempionati — 2026 musobaqasi davomida futbolchilarning unga bo‘lgan munosabatidan qattiq xafa bo‘lganini bildirdi. Bu haqda taniqli jurnalist Sebastyan Jovanelli xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Meksikaning Playya-del-Karmen shahridagi terma jamoa qarorgohini (bazasini) tark etishdan oldin 70 yoshli argentinalik mutaxassis futbolchilar bilan qisqacha suhbat o‘tkazib, musobaqadagi ishtirok yakunlarini sarhisob qilgan. Byelsa birinchi navbatda jamoa yetakchilariga yuzlanib, Jahon chempionatini juda yomon kayfiyatda tark etayotganini, chunki ular uni butunlay yolg‘iz qoldirishganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Urugvay terma jamoasi «H» guruhida 3 ta o‘yindan so‘ng bor-yo‘g‘i 2 ochko jamg‘arib, 3-o‘rinni egalladi va pley-off bosqichiga chiqa olmadi. Urugvayliklar Saudiya Arabistoni (1:1) va Kabo-Verde (2:2) bilan durang o‘ynashgan bo‘lsa, Ispaniya terma jamoasiga (0:1) imkoniyatni boy berishdi.

Kiritildi: 13:28, 29.06.2026.
O'qildi: 1442 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик