Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/06 22:00 Braziliya 2-1 Yaponiya
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar - Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya - Shvesiya
01/07 06:00 Meksika - Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR

Anri Messining qanday qilib jarima zarbalari ustasiga aylanganini aytib berdi

Anri Messining qanday qilib jarima zarbalari ustasiga aylanganini aytib berdi

Baho:
+ | -

«Barselona» klubining sobiq futbolchisi Tyerri Anri argentinalik hujumchi Lionel Messining jarima zarbalarini ijro etishdagi yuqori mahorati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men Messining jarima zarbalarini tepishni boshlagan paytlarini ko‘rganman. To‘g‘risini aytsam, u qadar yaxshi emasdi. Hatto u hech qachon bu ishning ustasi bo‘la olmasa kerak, deb o‘ylagandim. Ammo tinimsiz takrorlash, hatto eng zo‘rlar uchun ham — muvaffaqiyat garovidir. Odamlar bir narsani tushunishmaydi: iste’dod bor, ha, lekin uning ustida ishlash kerak. Messi har kuni jarima zarbalarini mashq qilardi. To‘p jonli devorga tegardi, noaniq ketardi... Ammo hozir uning deyarli barcha jarima zarbalari — yo gol bilan tugaydi, yoki darvozabonning seyviga aylanadi», — deya Anrining so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri.

Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichining uchinchi turidan o‘rin olgan bahsda Argentina terma jamoasi Iordaniyani 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Gollardan biriga 39 yoshli Messi mualliflik qildi — u jarima zarbasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvozaga yo‘llab, raqib posbonini ojiz qoldirdi. Bu gol orqali hujumchining standart vaziyatlardan urgan gollari soni 72 taga yetdi.

Kiritildi: 19:34, 29.06.2026.
O'qildi: 1247 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик