«Midlsbro» yarim himoyachisi Xeyden Xakni Liverpulning «Everton» klubi futbolchisiga aylanadi. Bu haqda ishonchli insayder — Fabrisio Romano xabar tarqatdi.
Xakni «irislar»ga 19 million yevroga tushadi, bundan tashqari yana 8 million yevro bonuslar sifatida to‘lab berilishi ko‘zda tutilgan. Yakunlangan Chempionship mavsumida 24 yoshli yarim himoyachi 39 ta o‘yinda maydonga tushib, ularda jami 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «Midlsbro» jamoasi Chempionship pley-off bosqichi finalida «Xall Siti»ga imkoniyatni boy berib, Angliya Premyer-ligasiga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy bergan edi.
Bundan avvalroq ommaviy axborot vositalarida Xaknining xizmatlariga Angliyaning bir yo‘la uchta top-klubi — «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar berilgan edi.













